Simple & Easy Law Info

Simple & Easy Law Info

Миллий тиббий сугурта (махаллий абонент)

Milliy tibbiy sugʻurta (hududiy a’zolar)┃3. Tugʻruq uchun tibbiy nafaqani toʻlash www.easylaw.go.kr



Q. Shifoxonada tugʻmagan boʻlsa ham tugʻruq uchun tibbiy nafaqani olish mumkinmi?



Hududiy a’zo boʻlgan shaxs favqulodda yoki muqarrar sabablarga koʻra tibbiy muassasadan tashqari boshqa joyda tuqqan taqdirda, tibbiy yordam puliga teng boʻlgan tibbiy nafaqa olishi mumkin. Milliy tibbiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunning 49-modda 1-qismi



Tugʻruq uchun tibbiy nafaqa olmoqchi boʻlgan shaxs ① tibbiy nafaqa olish arizasi va ② bola tugʻilganligini tasdiqlovchi hujjatni Milliy tibbiy sugʻurta korporatsiyasiga taqdim etishi lozim. Milliy tibbiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunning ijro qoidalarining 23-modda 3-qismi 7-bandi



Bundan tashqari, agar akusher-ginekolog yoki tomonidan homiladorlik va tugʻruqni tasdiqlovchi arizani  Milliy tibbiy sugʻurta korporatsiyasiga topshirsa, qoʻshimcha nafaqa sifatida homiladorlik va tugʻish kabi tibbiy xarajatlar toʻlab berilishi mumkin. Milliy tibbiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunning ijro qoidalari 24-modda 1-qismi



Batafsilroq ma'lumotga ega boʻlishni istaysizmi?  Topish oson boʻlgan kundalik hayotga oid huquqiy ma’lumotlarni ”Milliy tibbiy sugʻurta(hududiy a'zolar)” boʻlimidan bilib olishingiz mumkin.



  • bookMark
  • history
  • 다국어 맞춤형 법령정보 다국어 맞춤형 법령정보