Simple & Easy Law Info

Simple & Easy Law Info

Миллий тиббий сугурта (махаллий абонент)

Milliy tibbiy sugʻurta (hududiy a’zolar)┃2. Hududiy a’zo boʻlish uchun talablar www.easylaw.go.kr



Q. Chet elliklar ham milliy tibbiy sugʻurtaga hududiy a’zo boʻla oladimi?



Ish joyidan a’zo boʻlmagan Koreya Respublikasida istiqomat qiluvchi chet elliklar 1. va 2. talablarga javob bersa, hududiy a’zoga aylanadi. 6 oydan ortiq Koreya Respublikasida istiqomat qilgan yoki davomli ravishda 6 oydan ortiq istiqomat qilishi kutilayotgan shaxs quyidagi talablardan biriga javob berishi lozim: Doimiy rezident maqomini olgan shaxslar Nomutaxassis ish (E-9) maqomiga ega boʻlgan shaxslar Nikoh immigranti maqomiga ega boʻlgan shaxslar Koreyada uzoq muddatli rezidentlar va chet elliklar uchun tibbiy sugʻurtalash boʻyicha talab mezonlarining 4-modda 3-bandiga muvofiq chet elda oʻqish yoki umumiy ta’lim olish maqomiga ega boʻlgan shaxslar  Milliy tibbiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunning 109-modda 3 va 1-bandlari hamda Milliy tibbiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunning ijro qoidalari 61(2)-modda 1-qismi.



2. Quyidagi talablardan biriga javob beradigan shaxslar: Fuqarolarni roʻyxatga olish toʻgʻrisidagi qonunning 6-modda 1-qism 3-bandiga muvofiq roʻyxatdan oʻtgan shaxs yoki mamlakatda istiqomat qilishini roʻyxatdan oʻtkazgan shaxs Chet ellik sifatida roʻyxatdan oʻtgan va Milliy tibbiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonun 9-ilovasiga muvofiq yashash maqomiga ega boʻlgan shaxs Milliy tibbiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunning 109-modda 3-qism 2-bandi va Milliy tibbiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunning ijro qoidalari 61(2)-modda 2-bandi.



Chet ellik hududiy a’zolar alohida murojaat qilish jarayonisiz Milliy tibbiy sugʻurta korporatsiyasi tomonidan yalpi a’zo qilinadi. (※Milliy tibbiy sugʻurta toʻgʻrisidagi qonunning 96-moddasiga muvofiq ma’lumotlarni aniqlash imkoni boʻlmagan holatlar bundan mustasno) Milliy tibbiy sugʻurta korporatsiyasi (www.nhis.or.kr) - Dastur markazi - Chet elliklar va chet ellik koreyslarni tibbiy sugʻurtalash tizimiga qaralsin.



Batafsilroq ma’lumotga ega boʻlishni istaysizmi?  Topish oson boʻlgan kundalik hayotga oid huquqiy ma’lumotlarni ”Milliy tibbiy sugʻurta(hududiy a’zolar)” boʻlimidan bilib olishingiz mumkin.



  • bookMark
  • history
  • 다국어 맞춤형 법령정보 다국어 맞춤형 법령정보