Simple & Easy Law Info

Simple & Easy Law Info

Oiladagi zoʻravonlikdan jabrlanuvchi

Oiladagi zoʻravonlik jinoyatdir Jabrlanuvchilarni qoʻllab-quvvatlash va himoya qilish Oiladagi zoʻravonlikdan jabrlanuvchi ④ www.easylaw.go.kr



Oiladagi zoʻravonlik tufayli farzandim bilan alohida uyda yashayman. Manzilimni oʻzgartirmasdan farzandimni boshqa maktabga oʻtkazishim mumkinmi?



Oiladagi zoʻravonlikning oldini olish va jabrlanuvchilarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunning 4-4-modda 1-bandiga qaralsin. Ha, boshqa maktabga oʻtkazishingiz mumkin.  Oiladagi zoʻravonlikdan jabrlanuvchi yoki jabrlanuvchining himoyasida yoki qaramogʻida boʻlgan oila a’zosi orasida 18 yoshga toʻlmagan bola boʻlsa, u oʻz yashash manzilidan boshqa hududdagi maktabga qatnashi mumkin.



Favqulodda vaziyatlarda ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisidagi qonunning 2-modda 4-qismi va 9-modda 1-qismi 1-bandi (a) satrboshiga qaralsin. Tirikchilik uchun yordam Oiladagi zoʻravonlik tufayli tirikchiligim qiyinlashdi. Oiladagi zoʻravonlikdan jabrlanuvchilar va ularning oila a’zolari oiladagi zoʻravonlik tufayli tirikchilikda qiyinchilikka duch kelsa, bu uchun yordam olishlari mumkin.



Oiladagi zoʻravonlikning oldini olish va jabrlanuvchilarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunning 18-modda 1-2-3-bandlariga qaralsin. Tibbiy yordam Oiladagi zoʻravonlik tufayli jarohat oldim,ammo davolanishga pulim yoʻq. Oiladagi zoʻravonlik jabrlanuvchilari tibbiy muassasalarda davolanishi va davlat yoki mahalliy hukumatdan davolanish hamda himoya xarajatlari uchun yordam olishlari mumkin.



Oiladagi zoʻravonlikning oldini olish va jabrlanuvchilarni himoya qilish toʻgʻrisidagi qonunning 7-3-modda 1-bandi va 8-modda 1-bandiga qaralsin. Turar-joy boʻyicha yordam Men oilamdagi zoʻravonlikdan qochib uydan chiqib ketdim, lekin hozir boradigan joyim yoʻq. Oiladagi zoʻravonlik jabrlanuvchilari va ularning oila a’zolari oiladagi zoʻravonlikdan himoya qilish muassasalarida vaqtincha boʻlib, turar joy, ovqatlanish, maslahat va davolanish, huquqiy yordam kabilar olishlari mumkin. Oiladagi zoʻravonlikdan himoya qilish muassasasi



Batafsil huquqiy ma’lumotga ega boʻlishni istaysizmi?  Topish oson boʻlgan kundalik hayotga oid huquqiy maʻlumotlarni”Oiladagi zoʻravonlikdan jabrlanuvchi”boʻlimdan bilib olishingiz mumkin.



  • bookMark
  • history
  • 다국어 맞춤형 법령정보 다국어 맞춤형 법령정보