Simple & Easy Law Info

Simple & Easy Law Info

Хорижлик ишчиларнинг ишга ёлланиши ва меҳнат фаолияти

Xorijiy ishchilarni ishga qabul qilish va bandlik┃4 Viza maqomidan tashqari faoliyatga ruxsat www.easylaw.go.kr



Savol: Diniy faoliyat (D-6) vizasi bilan diniy faoliyat yuritaman. Diniy faoliyatimni davom ettirgan holda universitetda ham maruza oʻqisam (E-1), viza turini oʻzgartirishim kerak boʻladimi?



Yoʻq. Agar viza maqomidan boshqa faoliyat uchun ruxsat olsangiz vizangiz maqomidan tashqari faoliyat bilan ham shugʻullanish mumkin boʻladi. 「Immigratsiya haqidagi qonun」 20-modda “Viza maqomidan tashqari faoliyatga ruxsat” nima?  Bu Koreya Respublikasida istiqomat qiluvchi chet el fuqarosi oʻzining viza maqomiga mos keladigan faoliyat bilan parallel ravishda boshqa viza maqomiga mos keladigan faoliyat bilan shugʻullanish niyatida boʻlgan holatda oldindan olinadigan ruxsatnomadir.



‘Ariza berish muddati ’ va ‘Ariza berish yoʻllari’ quyidagicha: Qachon ariza beriladi? Boshqa viza maqomiga kiruvchi faoliyat bilan shugʻullanishdan avval albatta ruxsat olish kerak. 「Immigratsiya haqidagi qonun」20-modda Arizani qanday beriladi? Viza maqomidan boshqa faoliyat uchun ruxsat olish arizasiga viza maqomiga mos kerakli hujjatlarni ilova qilib vakolatli idora yoki filial rahbariga topshirishingiz mumkin. 「 Immigratsiya haqidagi qonun ijrosi boʻyicha qaror」25-modda 1-band



Savol: Agar men parallel shugʻullanmoqchi boʻlgan faoliyatim toʻla vaqtli va asosiy ish faoliyatiga aylangani sababli viza maqomidan tashqari faoliyatga ruxsat berilmagan boʻlsa nima qilishim kerak? Mamlakatdan chiqib yangi viza olib qayta mamlakatga kirish yoki viza turini oʻzgartirish kerak boʻladi.  「Immigratsiya haqidagi qonun」 7-modda va 21-modda 1-bandi



      Yanada batafsil ma’lumot zarurmi?        Topish qulay boʻlgan kundalik huquqiy ma’lumot,        「Xorijiy ishchilarni ishga qabul qilish va bandlik」 boʻlimidan        topishingiz mumkin.



  • bookMark
  • history
  • 다국어 맞춤형 법령정보 다국어 맞춤형 법령정보