Simple & Easy Law Info

Simple & Easy Law Info

Хорижлик ишчиларнинг ишга ёлланиши ва меҳнат фаолияти

Xorijiy ishchilarni ishga qabul qilish va bandlik┃3 Ish joyini oʻzgartirish boʻyicha cheklovlar va ruxsat www.easylaw.go.kr



Savol: Nomuxassis ish (E-9) vizasi boʻlgan ishchi ish faoliyati davrida ish joyini oʻzgartirish imkoniyati bormi?



Ilk ish boshlagan ish joyingizda uzluksiz ishlashingiz kerak va uzrli sabablarsiz ish joyini tark etib boshqa ish joyga oʻtish mumkin emas. 「Immigratsiya haqidagi qonun」 18-modda 2-band



 Savol: Ish joyini oʻzgartirishga ariza berish uchun asos boʻladigan sabablar qanday?  Oʻzgartirishga ariza berish uchun sabablar 1 Ish beruvchi uzrli sabablarga koʻra mehnat shartnomasining amal qilish muddati davomida mehnat shartnomasini bekor qilmoqchi boʻlsa yoki mehnat shartnomasini muddati tugaganidan keyin yangilashdan bosh tortgan holatda 2 Biznesning toʻxtatilishi, yopilishi yoki chet ellik ishchi bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa sabablarga koʻra ish joyida ishlashni davom ettirish mumkin emasligi tan olingan holatda 3 Ish beruvchining mehnat shartlarini buzganligi yoki adolatsiz munosabati tufayli ishni davom ettirish imkonsiz deb topilgan holatda 4 Jarohat tufayli xojiriy ishchi tegishli korxona yoki ish joyida ishlashni davom ettirishga yaroqsiz boʻlsa, lekin boshqa korxona yoki ish joyida ishlashga qodir deb topilgan boʻlgan holatda 「 Xorijiy ishchilarni ishga olish haqidagi qonun」 25-modda 1-band 「 Xorijiy ishchilarni ishga olish haqidagi qonun ijrosi boʻyicha qaror」 30-modda 1-band



Savol: Ish joyini oʻzgartirishlar sonida cheklov bormi?  Ishning dastlabki 3 yilida ish joyini oʻzgartirish  3 martadan oshmasligi kerak.Qayta ishga qabul qilish tartibiga koʻra ishlash muddati uzaytirilgan davrda 2 martadan oshmasligi kerak.  ※ Biroq, biznesning toʻxtatilishi, yopilishi yoki chet ellik ishchi bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa ish joyini oʻzgartirish sabablariga koʻra ish joyida ishlashni davom ettira olmaydigan holatlar cheklovlar sonida hisobga olinmaydi. 「 Xorijiy ishchilarni ishga olish haqidagi qonun」 25-modda 4-band



      Yanada batafsil ma’lumot zarurmi?        Topish qulay boʻlgan kundalik huquqiy ma’lumot,        「Xorijiy ishchilarni ishga qabul qilish va bandlik」 boʻlimidan  topishingiz mumkin.



  • bookMark
  • history
  • 다국어 맞춤형 법령정보 다국어 맞춤형 법령정보