Simple & Easy Law Info

Simple & Easy Law Info

Moliyaviy kiber jinoyat

Moliyaviy kiber jinoyat  4. Zararni qoplash www.easylaw.go.kr



Messenger fishingdan zarar koʻrib jinoyatchi hisob raqamiga 5 million von oʻtkazib yubordim. Buni qaytarish yoʻli bormi?



   Messenger fishingni oʻz ichiga olgan moliyaviy kiber jinoyat jabrlanuvchisi zararni qoplash toʻgʻrisidagi da’vo arizasi orqali zarar koʻrgan miqdorni qaytarib olsa boʻladi.



 • Zararni qoplashga da’vo arizasini yozish  Moliyaviy kiber jinoyat tufayli moddiy zarar koʻrgan jabrlanuvchi pul oʻtkazib yuborgan hisob raqamini nazorat qiluvchi moliyaviy tashkilot yoki firibgarlikda foydalanilgan hisob raqamini nazorat qiluvchi moliyaviy tashkilotga ushbu hisob raqamini toʻxtatish(muzlatish) va kiber firibgarlik zararini qoplash boʻyicha da’vo arizasini kiritishi mumkin.  Zararni qoplashga ariza bermoqchi boʻlgan jabrlanuvchi da’vo arizasiga oʻzining shaxsini tasdiqlovchi hujjatining nusxasini ilova qilib mazkur moliyaviy tashkilotga topshirishi kerak boʻladi.



• Toʻlov operatsiyalarini toʻxtatish  Moliyaviy tashkilot quyidagi holatlarning biriga toʻgʻri keladigan vaziyatda operatsiyalar tarixini tekshirib moliyaviy kiber jinoyatga doir firibgarlikda foydalanilgan hisob raqami deb gumon qilishga asos bor deb topsa barcha firibgarlikda foydalanilgan hisob raqamlariga nisbatan toʻlov operatsiyalarini toʻxtatish chorasini koʻrishi kerak.   Zararni qoplashga da’vo arizasi yoki toʻlov operatsiyalarini toʻxtatib turish boʻyicha soʻrov boʻlganda   Tergov organi yoki moliyaviy nazorat xizmati tomonidan firibgarlikda foydalanilgan hisob raqam sifatida gumon qilingani haqida ma’lumot berilgan boʻlsa   Moliyaviy tashkilotning ichki tekshiruvi orqali firibgarlikda foydalanilgan hisob raqam deb topishga asos boʻladigan moliyaviy operatsiyalari tasdiqlangan boʻlsa



• Obligatsiyalarni yoʻq qilish va qaytarilgan zarar summasini toʻlab berish  Agar moliyaviy tashkilot toʻlovni toʻxtatib turish choralarini koʻrgan boʻlsa, u kechiktirmasdan moliyaviy nazorat xizmatidan firibgarlikda foydalanilgan hisob raqam egasining obligatsiyalarini yoʻq qilish jarayonini boshlash uchun e’lon qilishni soʻrashi kerak. Firibgarlikda foydalanilgan hisob raqam egasining obligatsiyalarini yoʻq qilish jarayoni e’lon qilingan kundan boshlab 2 oy oʻtgach yoʻq qilingan hisoblanadi.  Moliyaviy nazorat xizmati obligatsiyalar yoʻq qilingandan 14 kun ichida qaytarilgan zarar summasini oluvchi shaxs va summasini tasdiqlab bu haqidagi ma’lumotni zararni qoplashga da’vo arizasini topshirgan jabrlanuvchiga va moliyaviy tashkilotga yetkazishi kerak. Va xabar olgan moliyaviy tashkilot zarar miqdorini ortga surmasdan jabrlanuvchiga toʻlab berishi kerak.



Batafsil huquqiy ma’lumot zarurmi?  Topish qulay boʻlgan kundalik huquqiy ma’lumotlarni 「Moliyaviy kiber jinoyat」 boʻlimidan topishingiz mumkin.



  • bookMark
  • history
  • 다국어 맞춤형 법령정보 다국어 맞춤형 법령정보