Simple & Easy Law Info

Simple & Easy Law Info

Виза, Паспорт

Viza, Pasport Viza muddatini uzaytirish www.easylaw.go.kr



Savol Koreyaning vizasini olib mamlakatga kirib yashab turgan paytimda, viza muddati kam qolganini bilib qoldim.  Viza muddatini uzaytirmoqchi bo‘lsam nima qilishim kerak?



Javob Xorijlik fuqaro ruxsat etilgan muddatdan ortiqroq muddat mamlakatda qolishni istasa   Viza muddati tugashidan oldin viza muddatini uzaytirish uchun ruxsat olishi kerak bo‘ladi.



1. Ariza bera oladiganlar Viza muddatini uzaytirish uchun arizani arizachining shaxsan o‘zi topshirishi kerak.  Agar arizachi 17 yoshdan kichik bo‘lib o‘zi ariza yozmasa, uning o‘rniga ota-onasi, boquvchisi, aka-ukasi, kafillikka olgan shaxs va boshqa birga yashovchi shaxs viza muddatini uzaytirish uchun ariza topshirishi kerak bo‘ladi.



2.Hujjat topshirish Viza muddatini uzaytirmoqchi bo‘lgan chet el fuqarosi viza muddati tugashidan avval tegishli immigratsiya bo‘linmalariga quyidagi hujjatlarni topshirishi kerak bo‘ladi: Viza muddatini uzaytirish uchun ariza Viza turiga qarab kerakli hujjatlar



3. Tashrif vaqtini bron qilish Viza muddatini uzaytirish uchun bormoqchi bo‘lgan immigratsiya bo‘linmalariga tashrif vaqtini oldindan onlayn bron qilish kerak.  Homilador, nogiron va qonunda belgilangan xorij fuqarolari oldindan bron qilmasdan kelishi mumkin. ※ Elektron murojaat portal orqali viza muddatini uzaytirish: HiKorea veb-sayti (www.hikorea.go.kr)- murojaat arizasi- elektron murojaat arizasi bo‘limida amalga oshirish mumkin. Ayrim viza turlarida cheklovlar bo‘lishi mumkin.



Viza muddatini uzaytirish bo‘yicha batafsil ma’lumot HiKorea veb-sayti (www.hikorea.go.kr)- Immigratsiya/mamlakatda qolish bo‘yicha ma’lumot / Mamlakatda yashash – Viza muddatini uzaytirish Xorijliklar va immigratsiya bo‘yicha yagona koll-markaz (☎1345)



Batafsil huquqiy ma’lumot zarurmi? Topish qulay boʻlgan Kundalik huquqiy ma’lumot, 『VIZA - PASPORT』boʻlimidan  topishingiz mumkin.



  • bookMark
  • history
  • 다국어 맞춤형 법령정보 다국어 맞춤형 법령정보