Simple & Easy Law Info

Simple & Easy Law Info

Виза, Паспорт

Viza, Pasport Vizasiz mamlakatga kirish www.easylaw.go.kr



Savol Koreyaga kirishda barcha xorij fuqarolari viza olishi kerak deb bilgan edim,  Unday boʻlmagan holatlar ham bor ekan.  Qaysi holatlarda mamlakatga vizasiz kirish mumkin?



Javob Viza bu mamlakatga kirishga ruxsat berishga asos boʻladigan shartdir, biroq   Mamlakatga qayta kirish ruxsatini olgan shaxslar yoki Koreya Respublikasi bilan oʻzaro tegishli bitim imzolagan mamlakat fuqarolariga mamlakatga vizasiz kirishga ruxsat etiladi.



1. Vizasiz mamlakatga kirish Quyidagi shaxslar Koreyaga vizasiz kirishi mumkin: 1 Qayta kirish ruxsatnomasini olgan shaxs yoki qayta kirish uchun ruxsatnoma olishdan ozod qilingan shaxs boʻlib, ruxsatnoma yoki ruxsatnomadan ozod qilingan muddati tugagunga qadar mamlakatga kirayotgan shaxs 2 Koreya Respublikasi bilan vizani bekor qilish to‘g‘risidagi bitimni imzolagan va bitimga koʻra vizasiz kirishi mumkin boʻlgan davlat fuqarolari 3 Xalqaro do‘stlik, turizm yoki Koreya Respublikasi manfaatlarini ko‘zlab mamlakatga kirishga ruxsat olgan shaxs 4 Qochqinlar uchun sayohat guvohnomasini olib mamlakatni tark etgan va guvohnoma amal qilish muddati tugagunga qadar mamlakatga  kirayotgan shaxs



2. Oldindan sayohatga ruxsatnoma  Vizasiz kirish mumkin boʻlsa ham, oldindan sayohatga ruxsatnoma olish talab qilinadi.  Oldindan sayohatga ruxsatnoma bu Koreya Respublikasiga vizasiz kirishni xohlovchi chet el fuqarolari sayohatga oldindan ruxsat olish uchun veb-saytga shaxsiy va sayohatga oid ma’lumotlarni oldindan kiritadigan tizimdir.  Mamlakatga vizasiz kirmoqchi bo‘lgan xorijliklar oldindan sayohatga ruxsat olish huquqiga ega yoki yo‘qligini oldindan tekshirishlari kerak. ※ Oldindan sayohatga ruxsat olish haqida batafsil ma’lumotni K-ETA veb-sayti (www.k-eta.go.kr)dan olish mumkin.



Mamlakatga vizasiz kirish  bo‘yicha batafsil ma’lumot HiKorea veb-sayti (www.hikorea.go.kr)- Immigratsiya/mamlakatda qolish bo‘yicha ma’lumot-taklif qilish / Viza – Vizasiz mamlakatga kirish  Xorijliklar va immigratsiya bo‘yicha yagona koll-markaz (☎1345)



Batafsil huquqiy ma’lumot zarurmi? Topish qulay boʻlgan Kundalik huquqiy ma’lumot, 『VIZA - PASPORT』boʻlimidan  topishingiz mumkin.



  • bookMark
  • history
  • 다국어 맞춤형 법령정보 다국어 맞춤형 법령정보