Simple & Easy Law Info

Simple & Easy Law Info

Хорижлик ишчиларнинг ишга ёлланиши ва меҳнат фаолияти

Xorijiy ishchilarni ishga qabul qilish va bandlik┃2 Ishlash muddati boʻyicha cheklovlar va maxsus holatlar  www.easylaw.go.kr



Savol. Nomutaxassis ish (E-9) yoki tashrif va ish (H-2)  vizasiga ega xorijiy ishchi  ishlay oladigan muddat qanaqa?



Mamlakatga kirgan sanadan boshlab 3yil davomida mehnat faoliyati bilan shugʻullana oladi.  「Xorijiy ishchilarni ishga olish haqidagi qonun」 18-modda



Savol. Ishlash muddati boʻyicha cheklovda maxsus holatlar ham bormi?  Xorijiy ishchi cheklangan mehnat faoliyati muddati tugab 3 yildan soʻng mamlakatdan chiqib ketishidan oldin ish beruvchi mehnat va bandlik vaziriga qayta ishga olishga ruxsat berish arizasini yozgan boʻlsa, ishchi 3 yillik cheklangan mehnat faoliyati muddati boʻlishidan qat’iy nazar 1 marta 2 yildan kam muddatga ish faoliyati muddatini uzaytirishi mumkin. 「Xorijiy ishchilarni ishga olish haqidagi qonun」  18-2 modda 1-band



Savol: Nomutaxassis ish (E-9) yoki tashrif va ish (H-2) vizasiga ega boʻlgan chet el fuqarosi mamlakatni tark etgandan soʻng qaytib kelsa yana qachondan boshlab mehnat faoliyati bilan shugʻullanishi mumkin ?



Mamlakatga qayta kirgandan soʻng ishlash muddati boʻyicha cheklovlar quyidagicha:  Prinsip va qoidalar Namunali ishchi imtiyozlari Aslida mamlakatda ishlagan xorijiy ishchi mamlakatni tark etgan kundan boshlab 6 oy oʻtgandan soʻnggina yana ishga kirishi mumkin. Mehnat faoliyati davomida soha yoki ish joyini oʻzgartimagan va boshqa shartlarga javob bergan xorijiy ishchi mamlakatni tark etgan kundan boshlab 1 oy oʻtgandan soʻng yana ishga kirishi mumkinligi haqida maxsus qoida(imtiyoz) mavjud. 「Xorijiy ishchilarni ishga olish haqidagi qonun」 18-3 modda va 18-4 modda



      Yanada batafsil ma’lumot zarurmi?        Topish qulay boʻlgan kundalik huquqiy ma’lumot,        「Xorijiy ishchilarni ishga qabul qilish va bandlik」 boʻlimidan        topishingiz mumkin.



  • bookMark
  • history
  • 다국어 맞춤형 법령정보 다국어 맞춤형 법령정보